BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA DIGITAL MINDFULNESS VA DIGITAL WELLBEING ASOSIDA KASBIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda digital mindfulness va digital wellbeing konsepsiyalari asosida kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli muhitda smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar va turli raqamli platformalardan keng foydalanish insonlarning psixologik holati va farovonligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli raqamli texnologiyalardan ongli va muvozanatli foydalanish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda digital mindfulness va digital wellbeing tushunchalarining mohiyati, ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, raqamli muhitda yuzaga keladigan stress, axborot ortiqchaligi va psixologik bosim kabi omillarning talabalarning ruhiy salomatligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Digital mindfulness texnologiyalari, jumladan, onlayn maslahat, raqamli ta’lim, video va audio asosidagi meditatsiya hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash vositalari talabalarning ruhiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi. Natijada digital mindfulness va digital wellbeing konsepsiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, ularning psixologik farovonligini ta’minlash hamda raqamli muhitdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi aniqlanadi.
Hali tarjima qilinmagan