Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

YEVROOSIYOCHILIK TA'LIMOTLARIDA "TURON" VA "TURKIYLIK" MUAMMOLARI

Zulfiya Karimova1st year master's student "International Relations and Analysis: European and Asian Studies" Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: [email protected]Ravshan Nurimbetov
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada yevroosiyochilik ta’limotlari doirasida “Turon” va “Turkiylik” tushunchalarining nazariy hamda geosiyosiy talqinlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda N.S. Trubetskoy, P.N. Savitskiy, V.P. Nikitin va L.Gumilyov kabi rus yevroosiyochi mutafakkirlar qarashlari hamda Yusuf Akçura va Ziya Gökalp tomonidan ilgari surilgan panturkizm yondashuvlari o‘rganiladi. Shuningdek A. Smith, A. Khalid, E. Allworth va F. Tolipov kabi zamonaviy tadqiqotchilar ishlari asosida turkiylik tushunchasining madaniy identitet va geosiyosiy omil sifatidagi ahamiyati ochib beriladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, Turon va turkiylik tushunchalari turli ilmiy maktablarda turlicha talqin qilinishi aniqlanadi: panturkizm yondashuvida ular madaniy-siyosiy birlik ideali sifatida, yevroosiyochilikda esa ko‘p millatli geosiyosiy makon va integratsion model sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy geosiyosiy jarayonlarda Turon va turkiylik tushunchalari mintaqaviy integratsiya va strategik identitetni tushunishda muhim nazariy kategoriyalar ekanini ko‘rsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba