Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O‘ZBEK TILI DARSLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMINI INTERFAOL METODLAR ASOSIDA O‘QITISH MASALALARI

Sultanova Gulnoz NormamatovnaToshkent amaliy fanlar Universiteti, Тоshkent, Uchtepa, O‘zbekistonTemirova Dilnoza AbdualimovnaToshkent shahar Sergeli tumani 267-maktab
ABI

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fe’l so‘z turkumini o‘qitish jarayonini zamonaviy pedagogik va lingvodidaktik yondashuvlar asosida tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda fe’lning leksik-grammatik mohiyati, grammatik kategoriyalari va vazifa shakllarini o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Maqolada fe’lni o‘qitishda “aqliy hujum”, “savol-javob zanjiri”, “rangli kartochkalar”, “rolli o‘yinlar”, “o‘yinli test”, “topishmoq va tez aytishlar”, “qiziqarli she’r yaratish”, “zamonga ko‘ra fe’l o‘zgartirish” hamda “yashirin so‘z o‘yini” metodlarining ta’lim samaradorligiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Ushbu metodlar o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini shakllantirish, nutqiy faolligini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba