BOSHLANG'ICH TA'LIMDA MILLIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida milliy tarbiyani shakllantirishning dolzarbligi va zarurati yoritilgan. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni o‘quvchilarga singdirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tutgan o‘rni tahlil etilgan. Mualliflar ta’lim jarayonida milliy tarbiya elementlarini zamonaviy yondashuvlar – innovatsion metodlar, interfaol usullar, hamkorlikda o‘qitish va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan uyg‘unlashtirish zarurligini asoslaydilar. Shuningdek, o‘qituvchining nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlodni Vatanga sodiqlik, qadriyatlarni qadrlash va milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalovchi sifatida tutgan o‘rni ochib beriladi. Maqolada milliy bayramlar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, turli innovatsion metodlar orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Hali tarjima qilinmagan