INGLIZ VA O’ZBEK BADIY ADABIYOTIDA EVFEMIZMLAR:SEMATIKASI VA PRAGMATIK EFFEKTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek badiiy adabiyotidagi ikki ijodkor yozuvchi Said Ahmad va Jorj Oruell asarlari misolida evfemizmlar qo‘llanilishi va o’ziga xos xususiyatlari shuningdek, ularning pragmatik funksiyalari tadqiq qilindi. Evfemik birliklar ijtimoyi yoki madaniy jihatdan nojoiz, qo‘pol yoki yoqimsiz deb hisoblangan tushunchalarni yumshatilgan, ijtimoiy maqbul shaklda ifodalovchi lingvistik vosita bo‘lib, badiiy matnlarda u axloqiy-estetik mezonlarga asoslangan nutq madaniyatining ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada tahlil qilingan misollar natijasiga tayanilsa,ingliz adabiy kontekstida evfemik birliklar ko‘proq siyosiy maqsadlarda eshtganda insoning hissiyotlarini junbishga keltiruvchi iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy katastrofik voqea va hodisalarni tilning nozik qirralari ya’ni evfemik birliklar bilan yashirish, yumshatish vazifasini bajargan bo’lsa, o‘zbek adabiyotida asosan Said Ahmad asarlarida an’anaviylik, diniy-axloqiy qadriyatlar va milliy mentalitet bilan bog’liq hodisa bilan asoslanadi
Hali tarjima qilinmagan