SHAHRIXONSOY YOYILMASI O‘TLOQI SAZ TUPROQLARINIG SUG‘ORISH TA’SIRIDAGI EVOLYUTSIYASI
Annotatsiya
Tuproqlar qoplamining o‘zgarishi yo‘nalishi uning tadrijiy rivojlanishi yo‘nalishini ko‘rsatuvchi bosh omil bo‘lib, tadrijiy rivojlanishini yo‘nalishini o‘rganish muayyan tuproq qoplami xossa va xususiyatlarining ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarayotganligini aniqlash va bu orqali ulardan foydalanishda o‘ziga xos tadbirlar sistemasini ishlab chiqish va qo‘llash imkoniyatini beradi. Mazkur maqolada ayni masala xususida yoritib berilgan bo‘lib, unda sharqiy Farg‘onaning Shahrixonsoy ta’sir zonasida shakllangan o‘tloqi saz tuproqlar misolida tuproq kesmasining morfologik tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini hududda muqaddam o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bilan taqqoslash asosida tuproqlar tadrijiy rivojlanishining hozirgi davr taraqqiyotidagi antropogen omilning ta’siri yoritib berilgan. Tadqiqotlar tahlili asosida hudud tuproq qoplamida sug‘orish suvlari va qo‘llanilgan agrotexnik tadbirlar natijasida tuproqlar granulometrik tarkibi haydov va haydov osti qatlamlarida chang fraksiyalari hisobiga o‘zgarib borayotganligi yoritib berilgan.
Hali tarjima qilinmagan