Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

“DEVONU LUG‘OT IT-TURK” ASARIDAGI KASB-HUNAR LEKSIKASINING ZAMONAVIY TURKIY TILLARDAGI DAVOMIYLIGI

Ibrogimova Dilnoza XalilovnaShahrisabz davlat pedagogika instituti tillar fakulteti 2- bosqich tayanch doktoranti
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada XI asr yodgorligi — Devonu lug‘ot it-turk asarida qayd etilgan kasb-hunar leksikasining semantik va struktur xususiyatlari hamda ularning zamonaviy turkiy tillardagi (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turk, uyg‘ur va boshqalar) davomiyligi tahlil qilinadi. Asarda uchraydigan hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, savdo va harbiy sohaga oid terminlarning bugungi turkiy tillarda saqlanish darajasi, fonetik va semantik o‘zgarishlari qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida ko‘plab kasb-hunar nomlari va ishlab chiqarish vositalariga oid atamalar hozirgi turkiy tillarda faol yoki passiv qatlamda mavjudligi aniqlanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba