SIRKUL VA CHIZG‘ICH YORDAMIDA GEOMETRIK KONSTRUKTSIYA: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY TATBIQLAR
Annotatsiya
Mazkur maqolada sirkul va chizg’ich yordamida geometrik konstruktsiyalarni yechishning nazariy asoslari va amaliy tatbiqlari tizimli tarzda yoritiladi. Konstruktsiya masalalari chiziqli geometriya va klassik teoremalarga tayangan holda, bosqichma-bosqich yechim metodlari orqali tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek konstruktsiyaning matematik modeli, algoritmik yondashuvlari hamda ta’lim jarayonida, CAD tizimlarida (CAD tizimi — bu inglizcha Computer-Aided Design, ya’ni “kompyuter yordamida loyihalash” so‘zlarining qisqartmasi) va matematik modellashtirishda qo‘llanilishi bo‘yicha misollar keltiriladi. Ushbu yondashuv konstruktsiya masalalarining fundamental algebraik va geometrik jihatlarini tizimli tushuntirishga imkon beradi.
Hali tarjima qilinmagan