Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BENZIMIDAZOL HOSILALARI VA 3D-METALLAR BILAN KOMPLEKS BIRIKMALARI: SINTEZI, TUZILISHI VA XOSSALARI

Valiyeva Shoxista MuxammadisoyevnaNamangan davlat texnika universiteti tayanch doktorantiSattarov To‘lqinjon Abdusattor o‘g‘liUniversity of Business and Science dotsenti
ABI

Annotatsiya

Benzimidazol hosilalari azot tutuvchi geterosiklik birikmalar sinfiga mansub bo‘lib, yuqori biologik faolligi va kuchli koordinatsion qobiliyati sababli farmatsevtika hamda koordinatsion kimyoda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning molekulasida mavjud bo‘lgan azot donor markazlari 3d-qator o‘tish metallari bilan barqaror kompleks birikmalar hosil qilish imkonini beradi. Ayniqsa, temir, mis, Nikel va kobalt kabi metall ionlari bilan olingan komplekslar katalitik, antimikrob, antitumor, magnit va optik xossalari bilan ajralib turadi. Mazkur revyu maqolada benzimidazol hosilalarining asosiy sintez usullari, ularning 3d-metallar bilan kompleks hosil qilish mexanizmlari, koordinatsion geometriyasi va strukturaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kompleks birikmalarning fizik-kimyoviy (spektral, magnit, termik) hamda biologik xossalari yoritilib, ularning amaliy qo‘llanish istiqbollari muhokama qilinadi

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba