Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

HOMILADOR AYOLLARDA VITAMIN-MINERAL PREPARATLARNI QABUL QILISHNING STOMATOLOGIK STATUS BILAN BOG'LIQLIGI

Dinora IskandarovaUrganch davlat tibbiyot instituti Stomatologiya yo'nalishi magistranti
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot homilador ayollarda vitamin va mineral preparatlarni qabul qilishning stomatologik status, xususan parodontal sog‘liq bilan bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, muntazam vitamin-mineral preparatlarni qabul qilgan homilador ayollarda periodontal ko‘rsatkichlar yaxshilangan, ya’ni gingivit va boshqa og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari rivojlanish ehtimoli pastroq bo‘lgan. Korrelyatsion tahlil vitamin-mineral preparatlar qabul qilinishi va periodontal status o‘rtasida o‘rtacha darajadagi salbiy bog‘liqlikni tasdiqladi (r = -0.15, p < 0,05). Ushbu natijalar profilaktik stomatologiya va homiladorlik davrida og‘iz bo‘shlig‘i sog‘ligini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot shuningdek, homilador ayollarni muntazam ravishda stomatologik kuzatishda vitamin-mineral preparatlar bilan birgalikda kompleks profilaktik choralarni joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba