SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARDAGI AFZALLIKLARI
Annotatsiya
Ushbu ishda sun’iy intellekt vositalarining moliyaviy texnologiyalar (FinTech) sohasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosida ishlovchi tizimlarning bank ishi, kreditlash, sug‘urta, investitsiya va to‘lov tizimlaridagi afzalliklari yoritib berilgan. Xususan, sun’iy intellektning tezkor qaror qabul qilish, firibgarlikni aniqlash, risklarni boshqarish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda xarajatlarni kamaytirishdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, moliyaviy xizmatlarni shaxsiylashtirish va moliyaviy inklyuziyani kengaytirishda sun’iy intellektning imkoniyatlari ochib berilgan. Ish natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarini moliya sohasida samarali joriy etish zarurligini asoslab beradi.
Hali tarjima qilinmagan