Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

KISLOROD SAQLAGAN BENZINNI OKTAN SONINI OSHIRUVCHI ORGANIK QOʻSHIMCHALAR SINTEZI HAMDA EKSPLUATATSION XOSSALARINI TADQIQ ETISH

Sanjar Allanazarovich BerdiyevToshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot institutiSarvar Mustafoo‘g‘li JovliyevToshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot institutiIlhomjon Ibroximjonoʻgʻli TurgʻunovFayzulla Nurmuminovich Nurqulov
ABI

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot ishida mahalliy xomashyolar — izoamil spirti, ftalangidrid, glitserin va sirka kislotasi asosida kislorod saqlagan, benzinning oktan sonini oshiruvchi organik qo‘shimchalar sintez qilindi hamda ularning optimal olish sharoitlari aniqlandi. Sintezlangan moddalar tuzilishi IR, PMR va YaMR spektroskopiya usullari yordamida tasdiqlandi. Olingan diizoamilftalat (DIAF) va triatsetin (TA) qo‘shimchalari AI-80 markali benzinga qo‘shilganda oktan sonining sezilarli darajada oshishi kuzatildi. DIAF 10% miqdorda qo‘shilganda oktan soni 7,5 birlikka, TA esa 5% miqdorda 4,3 birlikka oshgani aniqlangan. Tadqiqot natijalari mahalliy xomashyolar asosida ekologik xavfsiz va samarali oksigenat qo‘shimchalar ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar