Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BYUDJET TAQCHILLIGI VA DAVLAT QARZI: SABABLARI, OQIBATLARI VA YECHIMLARI

Zarinabonu Asror qizi Jo'rayevaO'zMU Iqtisodiyot fakulteti WU-23 yo'nalishi talabasi
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada byudjet taqchilligi va davlat qarzi tushunchalarining iqtisodiy mohiyati, ularning kelib chiqish sabablari hamda makroiqtisodiy muvozanatga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Byudjet taqchilligi davlat moliyasining barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lib, u iqtisodiyotdagi fiskal siyosatning samaradorligi, soliq tushumlari va davlat xarajatlari o‘rtasidagi nisbat bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada davlat qarzining o‘sish dinamikasi, uning ichki va tashqi manbalari, shuningdek, qarz yuki iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omil sifatida o‘rganiladi. O‘zbekiston misolida so‘nggi yillarda byudjet taqchilligining sabablari va davlat qarzi hajmining oshish tendensiyalari raqamlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat moliyasini barqarorlashtirish, byudjet daromadlarini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish hamda qarzlarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba