OʻZBEKISTONDA YASHIL ENERGETIKA SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Annotatsiya
Ushbu ilmiy ishda Oʻzbekistonda yashil energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishlari va ularning iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan davlat dasturlari, huquqiy hujjatlar hamda investitsion loyihalar oʻrganilgan. Shu bilan birga, quyosh va shamol energetikasini joriy etish natijasida energiya ishlab chiqarish hajmlarining oshishi, energiya importiga boʻlgan talabning qisqarishi va uglerod chiqindilarining kamayishi iqtisodiy jihatdan baholangan. Tadqiqot davomida xalqaro tajriba, xususan rivojlangan davlatlar amaliyoti bilan solishtirma tahlil olib boriladi. Tadqiqot natijalari yashil energetika islohotlari Oʻzbekiston iqtisodiyotida barqaror rivojlanishni ta’minlash va energetika xavfsizligini mustahkamlashda muhim omil ekanliginin koʻrsatadi.