O‘ZBEKISTONNING INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Olmosbek ZohidovO‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
ABI
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishning iqtisodiy ahamiyati va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatda investitsiyalarni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydigan iqtisodiy islohotlar, qulay biznes muhiti va infratuzilmani rivojlantirish masalalari yoritib beriladi. Tadqiqot doirasida investitsiya oqimini ko‘paytirish, xorijiy investorlar uchun qulay sharoit yaratish hamda investitsiyaviy muhitni yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari asoslab beriladi.
Hali tarjima qilinmagan
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba