JAHON HAMJAMIYATIDA MAMLAKATIMIZ IMIDJINI OSHIRISHGA QARATILGAN AXBOROTLAR YETKAZISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
Annotatsiya
Mazkur maqolada jahon hamjamiyatida mamlakat imidjini shakllantirish va mustahkamlashda axborot siyosatining o‘rni hamda axborot yetkazish samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Global axborot makonida davlatning ijobiy qiyofasini yaratish nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli platformalar va ommaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish orqali milliy manfaatlarni ilgari surish mexanizmlari yoritiladi. Shu bilan birga, xalqaro auditoriyaga mo‘ljallangan axborotlarning mazmuni, ishonchliligi va tezkorligi masalalari tanqidiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mavjud muammolar, xususan, axborot strategiyasining yetarlicha tizimlashtirilmaganligi, kontent sifati va maqsadli auditoriyaga moslashuv darajasining pastligi kabi omillar ko‘rsatib o‘tiladi. Natijada, mamlakat imidjini oshirishga xizmat qiluvchi axborot siyosatini takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.