Bugungi kundagi raqamli platformalarning sport sohasidagi ahamyati
Annotatsiya
Mazkur maqolada bugungi kunda sport sohasida keng qo'llanilayotganraqamli texnologiyalarning ahamiyati tahlil qilinib, ularning amaliy misolisifatida 1Fit raqamli sport platformasining faoliyati yoritib berilgan. Tadqiqotda1Fit ilovasining jismoniy faollikni oshirish, sport xizmatlaridan foydalanishnisoddalashtirish hamda sog'lom turmush tarzini shakllantirishdagi o'rni ilmiynuqtai nazardan ko'rib chiqilgan. Shuningdek, ilovaning raqamli agregatorsifatidagi funksiyalari, foydalanuvchilar va sport muassasalari o'rtasidagi o'zaroaloqani optimallashtirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Maqola natijalari raqamlisport platformalarining sport sohasini rivojlantirishdagi samaradorligini asoslabberadi. Hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyoti sharoitida raqamli texnologiyalarjamiyat hayotining barcha sohalariga, jumladan sport va jismoniy tarbiya tizimigaham chuqur kirib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun'iyintellekt, katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish (Big Data) va raqamlimonitoring vositalarining rivojlanishi sport faoliyatini tashkil etish, boshqarishhamda tahlil qilish jarayonlarini tubdan o'zgartirmoqda. Natijada sportmashg'ulotlari ilmiy asoslangan, tizimli va individual yondashuvga asoslanganholda olib borilmoqda.
Hali tarjima qilinmagan