Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BIOKOʻMIRNING XUSUSIYATLARI VA UNING TUPROQ FIZIKAVIY XOSSALARIGA TA'SIRI

Dildora TuraboyevaAgrokimyo va oʻsimliklarni himoya qilish kafedrasi magistratura talabasi, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiIsroil SattorovAgrokimyo va oʻsimliklarni himoya qilish kafedrasi doktoranti (PhD), Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiShohnazar HazratqulovAgrokimyo va oʻsimliklarni himoya qilish kafedrasi dotsenti, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
ABI

Annotatsiya

Mazkur ishda bioko‘mirning xossalari va uning tuproq fizik xususiyatlariga ta’siri tahlil qilingan. Bioko‘mir organik chiqindilarni piroliz jarayoni orqali olish natijasida hosil bo‘ladigan, yuqori g‘ovaklikka ega va uglerodga boy barqaror modda hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bioko‘mir tuproqning hajmiy zichligini kamaytiradi, g‘ovakligini va suvni ushlab turish qobiliyatini oshiradi, shuningdek mikrobiologik faollikni rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, uning yuqori adsorbsiya xususiyati oziq elementlarining yuvilib ketishini kamaytiradi va og‘ir metallarni immobilizatsiya qilishga yordam beradi. Bioko‘mirning samaradorligi uning xomashyosi va piroliz sharoitlariga bog‘liq bo‘lib, ayrim hollarda gidrofoblik yoki g‘ovaklarning to‘silib qolishi kabi salbiy ta’sirlar ham kuzatilishi mumkin.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba