TABIIY YOG‘ KISLOTALARDAN NOIONOGEN SFM SINTEZ QILISH VA ULARNING TARKIBINI O‘RGANISH
Norto‘rayeva AzizaToshkent Farmatseftika instituti Sanoat farmatsiya fakulteti Farmatseftik biotexnologiya yo‘nalishi 403- A guruh talabasiBoltaeva GulsanamToshkent formatsevtika institutiAbdikamalova Aziza
Advances in Science and Environmentjournal2026
ABI
Annotatsiya
Ushbu ilmiy ishda kokos moyi asosida noionogen sirt-faol moddalarni (SFM) sintez qilish va ularning tarkibini o‘rganish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida triglitseridlarning ishqoriy gidrolizi, erkin yog‘ kislotalarini ajratib olish va ularni dietanolamin bilan amidlash jarayonlari amalga oshirildi. Olingan mahsulotlarning tarkibi va tuzilishi xromatografiya, infraqizil spektroskopiya va yadroviy magnit rezonans usullari yordamida tahlil qilindi. Natijalar kokos moyi tarkibida asosan o‘rta zanjirli yog‘ kislotalari mavjudligini va ular asosida yuqori samarali, ekologik xavfsiz noionogen SFM olish mumkinligini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba