O‘ZBEKISTONDA MEHNAT MIGRANTLARI PUL O‘TKAZMALARINING JORIY DINAMIKASI VA MOLIYA BOZORI BARQARORLIGIGA TA’SIRI
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda mehnat migrantlari pul o‘tkazmalarining joriy dinamikasi hamda ularning moliya bozori barqarorligiga ta’siri kompleks statistik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda pul o‘tkazmalarining umumiy o‘zgarish tendensiyalari, hududlar kesimidagi ulushi, viloyatlarning remitenslarga bog‘liqlik darajasi hamda asosiy donor davlatlar bo‘yicha tarkibi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu mablag‘larning bank tizimi likvidligi, depozit bazasining kengayishi, kreditlash hajmi va valyuta bozori barqarorligiga ta’siri baholanadi. Olingan natijalar migrantlar pul oqimlari mamlakat moliya tizimi barqarorligini qo‘llab-quvvatlovchi muhim omil ekanligini ko‘rsatish bilan birga, ularga yuqori darajada bog‘liqlik tashqi iqtisodiy xatarlar sharoitida muayyan risklarni yuzaga keltirishi mumkinligini ham asoslaydi. Tezis yakunida remitenslardan samarali foydalanish va ularni investitsion jarayonlarga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Hali tarjima qilinmagan