Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

SAMARQANDDAN TOPILGAN YANGI BUXORXUDOT TIPIDAGI DIRHAM XAZINALARI

Anvar AtaxodjayevYahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo numizmatikasining eng murakkab va haligacha toʻliq yechim topmagan muammolaridan biri – “buxorxudot” tipidagi tangalarni oʻrganish masalasi muhokama qilinadi. Muallif buxarxudot dirhamlarining xususiyatini talqin qilishdagi asosiy yoʻnalishlarni tavsiflab, mazkur turdagi tangalar haqida qoʻlyozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga aniqlik kiritish boʻyicha turli urinishlarni qayd etadi. Ammo shunga qaramay, manbashunoslik tahlili metodlari ushbu muammoni toʻliq ochishga imkon bermasligi taʼkidlanadi. Hozirgi sharoitda eng samarali ilmiy yoʻl – yangi xazinalar haqidagi maʼlumotlarni ilmiy asosda qayd etish, ularning metrologik xususiyatlarini oʻrganish, muhr tahlili va metallning tabiiy-ilmiy tahlil usullarini qoʻllashdan iboratdir. Biroq amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, RFA (rentgen-fluoressent analiz) metodi numizmatikada ishonchli va mutanosib natijalarni har doim ham bera olmaydi. Shuning uchun manbashunoslik bazasini kengaytirish buxorxudot tangalarini tadqiq etishda hozirgi paytda eng maqbul yoʻl hisoblanadi. B. D. Kochnevning ilmiy ishlaridan soʻng Afrosiyob yodgorligidan yana toʻrtta xazina topilishi natijasida buxorxudot dirhamlarining markaziy Movarounnahrdagi xazina komplekslari roʻyxati toʻldirildi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada