QADIMGI METALL BUYUMLAR VA TAQINCHOQLARINING RENTGEN FLUORESENT (XRF) TAHLILI
Annotatsiya
Taqdim etilayotgan ishda Samarqand arxeologiya institutining Axsikent arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1987-1989 yillarda Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan qadimgi Bob (Pop) shahri qoldiqlari hisoblangan Balandtepa va Munchoqtepa yodgorliklarida olib borilgan qazishmalarda topilgan arxeologik artefaktlar rentgen-fluoresent tahlil usulidan foydalanib tadqiq qilindi. Tadqiqot jarayonida element tarkibi noma’lum bo‘lgan 28 ta metall buyumlar (taqinchoqlar, kosmetik idishlar va boshqa zargarlik buyumlari) tekshirilgan namunalarda 17 tagacha kimyoviy elementlar aniqlangan - Al, Bi, Co, Cu, Fe, Mn, Ni, P, Pb, S, Sb, Si, Sr, Sn, Ti, Zn, Zr. Aniqlanishicha, tekshirilgan metall buyumlar tarkibida mis miqdori ~ 54% dan ~ 95% gacha boʻlgan turli xil mis qotishmalarida qoʻrgʻoshin (22,7% gacha), qalay (43.3,9% gacha) va rux (14,2% gacha) aralashmalari aniqlangan. Bronza uzugi tarkibida 18.9% temir borligi aniqlandi. Namunalarning element tarkibi Samarqand arxeologiya institutida mavjud portativ rentgen-fluorosent spektrometrida aniqlandi.