Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BAKTERIOFAGLARNING INFEKSION KASALLIKLARDA QO'LLANILISHI

Inoyatullo XolmurodovTibbiy profilaktik fanlar kafedrasi mudiriSurayyo AshurovaTermiz iqtisodiyot va servis unversiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo'nalishi
ABI

Annotatsiya

So‘nggi yillarda antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar sonining ortib borishi infeksion kasalliklarni davolashda muqobil usullarni izlash zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtayi nazardan bakteriofaglar, ya’ni bakterial hujayralarni tanlab zararlovchi viruslar, katta ilmiy va klinik ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu ilmiy ishda bakteriofaglarning biologik xususiyatlari, ularning bakterial infeksiyalarni nazorat qilishdagi mexanizmlari hamda infeksion kasalliklarni davolash va oldini olishdagi o‘rni tahlil qilindi. Bakteriofaglarning yuqori spetsifikligi, inson organizmi uchun nisbatan xavfsizligi va normal mikrofloraga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi ularni zamonaviy tibbiyotda istiqbolli biologik vosita sifatida ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari bakteriofag terapiyasi antibiotiklarga muqobil yoki qo‘shimcha davolash usuli sifatida infeksion kasalliklar amaliyotida muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba