Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Podagra bilan kasallangan bemorlarda buyrak zararlanish darajasini baholash va uning klinik xususiyatlari

Tukhtayeva Nigora HasanovnaToshkent davlat tibbiyot universiteti O'zbekiston, Toshkent
ABI

Annotatsiya

Ushbu ishda podagra bilan kasallangan bemorlarda buyrak zararlanishining (podagrik nefropatiya) tarqalishi va rivojlanish darajalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida qon zardobidagi siydik kislotasi miqdori va koptokchalar filtratsiyasi tezligi (KFT) o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, giperurikemiya darajasining yuqoriligi va kasallik davomiyligi surunkali buyrak kasalligining (SBK) rivojlanishiga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy omillar hisoblanadi. Bemorlarning aksariyatida buyrak faoliyatining pasayishi klinik alomatlarsiz kechishi aniqlangan, bu esa erta diagnostika va profilaktika choralarining muhimligini asoslaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba