Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

KOAGULYATSIYA JARAYONI ASOSIDA SANOAT OQAVA SUVLARINI TOZALASHNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY YONDASHUVLARI

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada sanoat oqava suvlarini tozalashda keng qo‘llaniladigan koagulyatsiya–flokulyatsiya jarayonining ilmiy asoslari hamda ilg‘or texnologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Koagulyatsiya jarayoni kolloid va mayda dispers zarrachalarni destabilizatsiya qilish orqali ularni yirik floklarga birlashtirish va keyinchalik cho‘ktirish imkonini beruvchi samarali fizik-kimyoviy usul sifatida qaraladi. Tadqiqotda metall asosli va metall bo‘lmagan koagulyantlarning turlari, ularning xossalari hamda qo‘llanish samaradorligi mavjud ilmiy manbalar asosida solishtirma tarzda o‘rganildi. Shuningdek, jarayon samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan pH muhiti, koagulyant dozalari, harorat, aralashtirish sharoitlari va kolloid tizimlarning xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilindi. Turli sanoat oqava suvlarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari asosida koagulyatsiya jarayonining qo‘llanilish imkoniyatlari baholandi. Olingan tahliliy natijalar koagulyatsiya asosidagi tozalash texnologiyalarini takomillashtirish, optimal ish sharoitlarini aniqlash hamda samarali texnologik yechimlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada