EKG SIGNALLARINI STATISTIK TAHLIL QILISH ASOSIDA KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada EKG signallarini statistik usullar asosida tahlil qilish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda elektrokardiogramma signallaridan olingan asosiy parametrlar matematik-statistik usullar yordamida baholangan. Jumladan, regressiya tahlili orqali EKG parametrlarining yurak faoliyati ko'rsatkichlariga ta'siri o'rganilgan, korrelyatsiya tahlili yordamida esa parametrlar orasidagi bog'liqlik darajasi aniqlangan. Variatsion tahlil doirasida dispersiya, o'rtacha kvadratik chetlanish va variatsiya koeffitsiyenti hisoblanib, signalning tarqalish xususiyatlari baholangan. Shuningdek, modelning ishonchliligini tekshirish maqsadida determinatsiya koeffitsiyenti, Styudent kriteriyasi, Fisher mezoni hamda Durbin–Watson mezoni qo'llanilgan. Ushbu mezonlar regressiya modelining ahamiyatliligi, parametrlarning statistik ishonchliligi va qoldiq hadlarning avtokorrelyatsiyasini aniqlash imkonini berdi. Olingan natijalar EKG signallarini avtomatik qayta ishlash, yurak ritmi buzilishlarini erta aniqlash hamda klinik diagnostika samaradorligini oshirishda statistik yondashuvlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi.