Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ONOMASTIKA VA LINGVOKULTUROLOGIYANING INTEGRATSIYASI: PEDAGOGIK PARADIGMA SIFATIDA

Nilufar RajabovaUrganch davlat pedagogika instituti, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi v.b dotsenti
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada onomastika va lingvokulturologiyaning integratsiyasi pedagogik paradigma sifatida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Onomastika atoqli otlar tizimini, jumladan, shaxs nomlari, joy nomlari, tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, etnonimlar, urbanonimlar va boshqa nom birliklarini o‘rgansa, lingvokulturologiya til birliklari orqali xalqning madaniy xotirasi, qadriyatlari, mentaliteti, dunyoqarashi va ma’naviy tajribasini ochib beradi. Mazkur ikki yo‘nalishning integratsiyasi ta’lim jarayonida tilni faqat grammatik yoki kommunikativ hodisa sifatida emas, balki madaniyat, tarix, tarbiya va milliy identitetni shakllantiruvchi vosita sifatida talqin qilish imkonini beradi. Maqolada onomastik birliklarning lingvokulturologik mazmuni, ularning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari, o‘quvchilarda lingvomadaniy kompetensiya, tarixiy xotira, milliy qadriyatlarga hurmat va madaniyatlararo muloqotga tayyorlikni shakllantirishdagi ahamiyati asoslanadi. Tadqiqotda tavsifiy, tahliliy, qiyosiy, lingvokulturologik va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, onomastika va lingvokulturologiyaning integratsiyasi zamonaviy ta’lim uchun qadriyatga yo‘naltirilgan, madaniy-ma’rifiy va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik paradigma sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba