ILG'OR XORIJIY MAMLAKATLARDA PLASTIK KARTALAR VA RAQAMLI TO'LOVLAR XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH TAJRIBALARI: FINTECH PLATFORMALARINING QIYOSIY TAHLILI VA MYCARD MOBIL ILOVASINI TAKOMILLASHTIRISH BO'YICHA TAVSIYALAR
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot ilg'or xorijiy fintech platformalari — Aura, myFICO, Credit Karma, CreditWise, IDShield, Credit Sesame, Zogo, Ficy va Your Juno — tomonidan qo'llanilayotgan plastik kartalar kiberxavfsizlik mexanizmlarini IMRaT strukturasi asosida qiyosiy tahlil qiladi va ularni O'zbekistondagi MyCard mobil ilovasi imkoniyatlari bilan solishtiradi. Tadqiqot kontent tahlili, funksional klassifikatsiya va qiyosiy tahlil metodlari asosida amalga oshiriladi. Natijalar ko'rsatishicha, xorijiy platformalar to'rt asosiy yo'nalishda — sun'iy intellekt asosidagi anomaliya aniqlash, dark web monitoring, identifikatsiya himoyasi va gamifikatsiyali moliyaviy savodxonlik — MyCarddan sezilarli darajada oldinda. Muhokama qismida tadqiqot gipotezalari empirik adabiyotlar bilan taqqoslanib, MyCard uchun olti qatlamli integratsiyalashgan xavfsizlik modeli — MyCard-Safel.ayer konseptual modeli — taklif etiladi. Tadqiqot natijalari O'zbekiston tijorat banklari uchun amaliy ahamiyatga ega.