YENGIL SANOAT KORXONALARI IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
Annotatsiya
Maqolada yengil sanoat korxonalari iqtisodiy xavfsizligiga ta'sir etuvchi asosiy omillar iqtisodiy-matematik modellashtirish va korrelyatsiya-regressiya tahlili asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida O'zbekiston to'qimachilik sanoatining 2010–2021-yillardagi rivojlanish ko'rsatkichlari tahlil qilinib, tarmoq eksport salohiyatiga ta'sir qiluvchi omillar sifatida to'qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi, sohada band bo'lganlar soni, tayyor to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi hamda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar ko'rsatkichlari o'rganildi. Korrelyatsiya matritsasi tahlili tarmoq eksport salohiyati bilan investitsiyalar va ishlab chiqarish hajmi o'rtasida yuqori bog'liqlik mavjudligini ko'rsatdi. Ekonometrik tahlillar asosida ko'p omilli regressiya modeli shakllantirilib, modelning statistik ahamiyatliligi Fisher mezoni va determinatsiya koeffitsiyentlari orqali baholandi. Shuningdek, panel ma'lumotlar asosida Pooled OLS, Fixed Effects va Random Effects modellari qurilib, Xausman testi natijalariga ko'ra eng maqbul model sifatida Fixed Effects modeli tanlandi. Tadqiqot natijalari to'qimachilik sanoatida investitsiyalar va ishlab chiqarish hajmining oshishi eksport salohiyatini kengaytirish orqali korxonalar iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilishini ko'rsatdi.