Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

FORS KO'RFAZI DAVLATLARIDA GLOBALLASHUV VA IDENTIKLIK

Aziz RizayevResearcher Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: [email protected]
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Fors ko‘rfazi arab davlatlarining (Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvayt, Bahrayn, O‘mon) globallashuv sharoitida milliy identiklikni saqlash mexanizmlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda davlatning milliy identiklik arxitektori sifatidagi roli, monarxiya legitimlik tizimi, islom dini va arab tilining “qattiq yadro” vazifasi, qabilaviy va oilaviy tuzilmalarning ijtimoiy karkas sifatidagi ahamiyati o‘rganilgan. “Boshqariladigan modernizatsiya” konsepsiyasi doirasida arab davlatlarining milliy rivojlanish strategiyalari, madaniy siyosat, media va raqamli muhitning identiklikni shakllantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Demografik omillar, migratsiya siyosati hamda identiklik mexanizmlarining ichki ziddiyatlari va zaifliklari batafsil yoritilgan. O‘monning ibodiylik mazhabiga asoslangan identiklik modeli alohida tahlil qilingan. Arabiston yarimoroli davlatlarida milliy identiklik "meros" emas, balki davlat siyosati orqali faol boshqariladigan dinamik konstrukt degan fikr ilgari suriladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba