BAHORIYA QASIDALAR
M.J. XasanovaSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada sharq mumtoz adabiyotining eng murakkab va salmoqli janrlaridan biri bo‘lgan qasidaning o‘ziga xos turi — bahoriyalar tadqiq etiladi. Tadqiqotda bahoriya qasidalarining tarkibiy qismlari, xususan, tabiat uyg‘onishini badiiy bo‘yoqlarda chizib beruvchi tashbib qismining g‘oyaviy-estetik vazifalari yoritilgan. Maqolada qasidago‘y ijodkorlar merosidagi bahoriyalar misolida tabiat hodisalarining hukmdor shaxsi va uning odilligi bilan mahoratli bog‘lanishi (husni ta’lil) tahlil qilingan. Shuningdek, janr rivojida saroy adabiy muhiti va hukmdorlar homiyligining o‘rni ilmiy asoslab berilgan.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba