Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O'ZBEKTELEKOM AK RAQAMLI TRANSFORMATSIYA YETUKLIGINI TM FORUM DMM V5.0 MODELI ASOSIDA BAHOLASH VA MINTAQAVIY QIYOSLASH

Salimova Husniya RustamovnaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ABI

Annotatsiya

Maqolada O'zbektelekom AK ning raqamli transformatsiya yetuklik darajasi TM Forum Digital Maturity Model (DMM) v5.0 asosida 6 o'lchovli profil bo'yicha keng qamrovli baholangan va Markaziy Osiyoning ikki yetakchi operatori – Kazaktelecom JSC va Kcell JSC – bilan qiyoslangan. O'zbektelekom AK umumiy bali: 2,84/5,0 («Rivojlanayotgan» bosqich); Kazaktelecom JSC: 3,63/5,0 («Boshqariladigan»). Eng kuchsiz o'lchov: ma'lumotlar va tahlilotlar (2,5/5,0); eng kuchli: texnologik infratuzilma (3,2/5,0). Sub-mezonlar darajasida tizimli bo'shliqlar tahlil qilingan va 2 200 mlrd so'mlik yo'l xaritasi ishlab chiqilgan. Maqolada DMM metodologiyasining cheklovlari ham tanqidiy nuqtai nazardan baholangan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba