TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA KO'RSATILADIGAN XIZMATLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YONDASHUVLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatiladigan davlat xizmatlarining samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan yondashuvlar ilmiy-tahliliy jihatdan o'rganilgan. 2017 yildan boshlab amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar statistik ma'lumotlar asosida baholanadi. New Public Management, SERVQUAL kabi nazariy asoslar hamda Singapur, Estoniya, Janubiy Koreya va Gruziya tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, O'zbekiston uchun uch bosqichli tavsiyaviy model taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, xizmatlar samaradorligini oshirishda elektron hukumat, yagona darcha tamoyili va xizmat darajasi standartlari (SLA) birgalikda qo'llanilgandagina tizimli natija beradi.
Hali tarjima qilinmagan