KON LAHIMLARINI ANKERLI MAHKAMLASHDA QO‘LLANILADIGAN KIMYOVIY AMPULALARNING O‘RNI
Annotatsiya
Mazkur maqolada kon lahimlarini ankerli mustahkamlash tizimlarining zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlari, xususan kimyoviy ampulalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ankerli mustahkamlash texnologiyalarining konstruktiv yechimlari, ularning qo‘llanilish samaradorligi hamda turli kon-geologik sharoitlarga moslashuvchanligi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda sintetik smolalar, fosfor-gips va shlakotsement asosidagi bog‘lovchi materiallar yordamida mustahkamlash usullarining afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kimyoviy ampulalarning ikki komponentli tizimi, ularning ishlash mexanizmi va polimerizatsiya jarayoni tahlil qilingan. Ishda kimyoviy tarkibni optimallashtirish orqali ishchilarning sog‘lig‘iga va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish masalalari alohida e’tiborga olingan. Olingan natijalar ankerli mustahkamlash tizimlarini takomillashtirish hamda ularning ekologik xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.
Hali tarjima qilinmagan