Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Simmetrik ikkilik fraktal daraxt geometrik model ishlab chiqish va mebelsozlikda qo'llash

Sh.A. AnarovaMuhammad al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent, O'zbekistonS. N. IsmailovaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent, O'zbekiston
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot fraktal geometriya asosida simmetrik ikkilik fraktal daraxt modelini ishlab chiqish va uni mebelsozlik dizaynida qo'llash imkoniyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi iteratsion funksiyalar tizimi (IFS) yordamida parametrik boshqariluvchi fraktal daraxt tuzilmasini shakllantirish hamda uning estetik, konstruktiv va funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Model masshtablash koeffitsienti (λ) va shoxlanish burchagi (θ) parametrlariga asoslangan holda qurildi. Oltin nisbat (φ) sharti asosida o'zaro tutashuvchi simmetrik ikkilik daraxt konfiguratsiyalari tahlil qilindi hamda θ = 45° burchakli yangi modella taklif etildi. Fraktal o'lchov qiymati (D ≈ 1.44) aniqlanib, modelning geometrik murakkablik darajasi baholandi. Natijalar fraktal tuzilmalarning rekursiv barqarorlik, proporsional uyg'unlik va konstruktiv moslashuvchanlikni ta'minlashini ko'rsatdi. Taklif etilgan yondashuv fraktal geometriyani dekorativ unsur sifatida emas, balki generativ konstruktiv mexanizm sifatida qo'llash imkonini beradi. Tadqiqot fraktal modellashtirishning parametrik dizayn, raqamli ishlab chiqarish va innovatsion mebel konstruksiyalarini yaratishdagi nazariy hamda amaliy ahamiyatini asoslaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba