BOLALARDA MAYDA MOTORIKANI RIVOJLANTIRISHDA SENSOR O'YINLARNING O'RNI
Annotatsiya
Ushbu tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorikani rivojlantirish jarayonida sensor o'yinlarning ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Sensor o'yinlar bolaning barmoqlari, kaftlari, sezgi organlari orqali olamni idrok etish, qo'l-harakat koordinatsiyasini takomillashtirish, nutq rivojini faollashtirish hamda mustaqil tajriba orttirishiga xizmat qiluvchi ta'limiy vosita hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida sensor o'yinlar va materiallarning turlari, ularni qo'llash metodikasi hamda pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, sensor o'yinlarning bolaning psixofiziologik rivojiga ko'rsatadigan ta'siri, o'yin faoliyatining samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar bayon etiladi.
Hali tarjima qilinmagan