ENDOSKOPIK TASVIRLARDA OSHQOZON YARALARINI ANIQLASH UCHUN SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING QO'LLANILISHI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda endoskopik tasvirlarda oshqozon yaralarini RetinaNet modeli yordamida avtomatik aniqlash va klassifikatsiya qilish masalasi yoritilgan. Tadqiqot davomida Kvasir, HyperKvasir, GastroVision va Kvasir-Capsule ma'lumotlar bazalaridan foydalanilib, maxsus o'quv tanlanma shakllantirildi. Tasvirlarga dastlabki ishlov berish bosqichida CLAHE, Median Filter va Telea Inpainting algoritmlari qo'llanildi hamda augmentatsiya usullari orqali o'quv tanlanma kengaytirildi. RetinaNet modeli endoskopik tasvirlar asosida o'qitilib, uning ishlash samaradorligi Precision, Recall va mAP ko'rsatkichlari asosida baholandi. Tajriba natijalari modelning oshqozon yaralarini aniqlashda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko'rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan