Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MILLIY DARSLIKLAR YARATISHNING YANGI BOSQICHLARI VA AMALIY SHART-SHAROITLARI

Hamida Cho'liboyevna NusratovaKimyo International University in Tashkent
ABI

Annotatsiya

ushbu maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘zbekistonda milliy darsliklar yaratish jarayoni, uning tarixiy-pedagogik asoslari hamda ma’rifatparvar jadidlarning darslikshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Sadriddin Ayniy kabi ziyolilarning darslik yaratishdagi metodik yondashuvlari, ta’lim-tarbiya tamoyillari va didaktik qarashlari tahlil qilingan. Shuningdek, milliy darsliklarning o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi, ko‘rgazmalilik, tarbiyaviylik va ilmiylik tamoyillariga asoslanganligi ochib berilgan. Maqolada tarixiy pedagogik merosning bugungi zamonaviy darsliklar yaratishdagi ahamiyati ham asoslab berilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba