O'ZBEK SHEVALARIDA ETNOGRAFIZMLARNI LINGVOKULTUROLOGIK JIHATDAN TADQIQ ETISH
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezisda o'zbek shevalarida uchraydigan etnografizmlarning lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Etnografizmlar xalqning turmush tarzi, urf-odati, an'analari, moddiy va ma'naviy madaniyatini aks ettiruvchi birliklar sifatida baholanadi. Tadqiqot davomida o'zbek shevalarida qo'llaniladigan milliy-madaniy leksik birliklarning semantik xususiyatlari, hududiy farqlari hamda xalq dunyoqarashi bilan bog'liqligi ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, etnografizmlarning lingvokulturologik tadqiqidagi ahamiyati hamda ularning milliy identifikatsiyani ifodalashdagi o'rni ko'rsatib berilgan. Tadqiqotda dialektologik, tavsifiy va lingvokulturologik metodlardan foydalanilgan.
Hali tarjima qilinmagan