Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOSHLANGʻICH TA'LIMDA RAQAMLI HIKOYALAR ORQALI HALOLLIK VA MEHNATSEVARLIKNI TARGʻIB ETISH

Ne’matov Oybek Erkin O‘g‘liShahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi assistant o'qituvchisiJumayeva Mohira Baxtiyor qiziShahrisabz davlat pedagogika instituti "Pedagogika" fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi Talaba
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim jarayonida raqamli hikoyalar (digital storytelling) texnologiyasidan foydalanishning pedagogik ahamiyati, xususan, halollik va mehnatsevarlik kabi muhim axloqiy fazilatlarni o'quvchilar ongiga singdirishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Bugungi raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarning keng qo'llanishi o'quvchilarning qiziqishini oshirish, ularni faol, mustaqil va ijodkor ishtirokchiga aylantirish, shuningdek axloqiy tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashda muhim omil bo'lib bormoqda. Raqamli hikoyalar matn, rasm, ovoz, animatsiya va video tasvirlarning integratsiyasiga asoslangan bo'lib, o'quvchilarning bir vaqtning o'zida vizual, eshitish va hissiy sezgilari orqali ta'limiy mazmunni yaxshiroq qabul qilishiga imkon yaratadi. Shu bois mazkur texnologiya halollik va mehnatsevarlikning mazmun-mohiyatini o'quvchilarga qiziqarli, mazmunli va esda qolarli tarzda yetkazishda katta imkoniyatlarga ega.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba