Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

AKT ASOSIDA DIFFERENSIAL TA'LIMNI TASHKIL ETISH USULLARI

Ne’matov Oybek Erkin O‘g‘liShahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi assistent o'qituvchisiKamolova ShaxzodaShahrisabz davlat pedagogika instituti "Pedagogika" fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi Talaba
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida differensial ta'limni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etiladi. Differensial ta'lim o'quvchilarning individual xususiyatlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari hamda bilim darajasini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan yondashuv sifatida yoritiladi. Maqolada zamonaviy ta'lim sharoitida AKT vositalarining o'rni, ularning differensial ta'limni amalga oshirishdagi imkoniyatlari va afzalliklari asoslab berilgan. Shuningdek, raqamli platformalar, interaktiv dasturlar va onlayn resurslar yordamida o'quvchilarga moslashtirilgan topshiriqlarni taqdim etish, ularning o'zlashtirish darajasini monitoring qilish hamda individual yondashuvni ta'minlash usullari ko'rib chiqiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba