"QIRG'IZ" ETNONIM NOMLANISHLARINING KELIB CHIQISHIGA DOIR MULOHAZALAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada asosan Qirg'iz etnonimining kelib chiqishi va uning sematik mazmuni turkiy xalqlar etnogenezi tarixidagi eng murakkab hamda bahsli masalalardan biri yoritilib o'tilgan. Mazkur mavzu qadimgi xitoy yilnomalari, turkiy bitiklar, arab-fors manbalari hamda zamonaviy tarixiy-lingvistik tadqiqotlar asosida o'rganilgan. Olimlar tomonidan qirg'iz etnonimining kelib chiqishi haqida turli nazariyalar ilgari surilgan bo'lib, eng keng tarqalgan qarashlardan biri uni "qirq" soni bilan bog'laydi. Ushbu talqinga ko'ra, qirg'izlar "qirq urug'" yoki "qirq qabila ittifoqi" ma`nosini anglatgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, "qirg'iz" etnonimi nafaqat etnik nom, balki qadimgi turkiy xalqlarning siyosiy, madaniy va ijtimoiy birlashuv jarayonlarini ifodalovchi tarixiy tushuncha sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
Hali tarjima qilinmagan