Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

AKT VOSITALARI ORQALI O'QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ne’matov Oybek Erkin O‘g‘liShahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi assistant o'qituvchisiMo'minova Sevinch Yoqub qiziShahrisabz davlat pedagogika instituti "Pedagogika" fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) vositalari orqali o'quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish masalasi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy ta'lim jarayonida AKT vositalarining o'rni va ahamiyati ortib borayotgani, ularning o'quvchilarning mustaqil, tanqidiy hamda ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada multimedia vositalari, elektron darsliklar, interaktiv platformalar, virtual laboratoriyalar va onlayn ta'lim resurslarining ta'lim samaradorligini oshirishdagi roli ko'rib chiqilgan. Shuningdek, kreativ fikrlash tushunchasi, uning mazmuni va o'quv jarayonidagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlariga tayangan holda AKT vositalarining o'quvchilarda muammoli vaziyatlarni hal qilish, innovatsion g'oyalar yaratish va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga ta'siri asoslab berilgan. Maqolada AKT asosidagi ta'lim muhitining o'quvchini faol subyektga aylantirishi va uning ijodiy salohiyatini ochib berishi ta'kidlangan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba