AHOLINI JAMOAT TRANSPORTI BILAN TA'MINLANGANLIGINI BAHOLASH INDIKATORLARI TIZIMINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda aholini jamoat transporti bilan ta'minlanganlik darajasini baholash masalasi ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda transport xizmatlarining hududiy qamrovi, sifati, ishonchliligi, iqtisodiy va ekologik ko'rsatkichlari hamda ijtimoiy jihatlarini inobatga olgan holda indikatorlar tizimini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Xalqaro amaliyotda qo'llaniladigan PTAL, PTAI, Service Level Benchmark va Spatial Gap Analysis metodologiyalari tahlil qilinib, ular asosida baholash indikatorlari tizimi ishlab chiqilgan. Shuningdek, indikatorlarning muhimlik darajasini aniqlash va integral baholash modelini shakllantirish uchun ekspert baholash usulidan foydalanish ko'zda tutilgan.
Hali tarjima qilinmagan