Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARINING IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI

Kumush Sunnat qizi G'ulomovaO'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi "Xalqaro munosabatlar" yo'nalishi 3-bosqich talabasiMuslima Behzod qizi ShokirovaO'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi "Xalqaro munosabatlar" yo'nalishi 3-bosqich talabasiM. NazirovIlmiy rahbar:O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi "Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlarining so‘nggi yillarda kuzatilayotgan iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va ularning yaqin istiqboldagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mustaqillik yillaridan so‘ng mintaqa davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston – iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish yo‘lida muhim natijalarga erishdi. So‘nggi davrda mintaqada sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi, transport va energetika infratuzilmasining kengayishi, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmining ortishi kuzatilmoqda. Maqolada ayniqsa O‘zbekiston va Qozog‘istonning iqtisodiy siyosati, eksport salohiyatini oshirish, raqamli iqtisodiyot va yashil energiya loyihalarini rivojlantirish borasidagi yondashuvlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba