Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARINING YURIDIK MAQOMI

Turg'unboyev Muzaffarbek Abdulboqi o'g'liNamangan davlat universiteti Yuridik fakulteti, 1-bosqich talabasiPulatov Otabek
ABI

Annotatsiya

Har bir zamonaviy demokratik davlatda mahalliy boshqaruv tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash davlat taraqqiyoti va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ta'minlashning muhim sharti hisoblanadi. Shu tufayli O'zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik maqomi so'nggi yillarda tubdan yangilandi desak ham bo'ladi. Bugungi kunda mamlakatimiz nafaqat markaziy boshqaruvni takomillashtirish, balki mahalliy darajada demokratik institutlarni mustahkamlash yo'lida qat'iy qadamlar qo'yib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati tizimi 2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumi orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida tubdan o'zgartirildi. Mazkur hujjatda mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi aniq belgilab qo'yilgan bo'lib, ular davlat hokimiyatining tarkibiy bo'g'inlari sifatida faoliyat yuritadi. Konstitutsiyaning 120-moddasiga ko'ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari etib belgilandi. Ushbu Kengashlarga ularning deputatlari orasidan qonuniy tartibda saylanadigan rais rahbarlik qiladi. Muhim jihatlardan biri shuki, viloyat, tuman yoki shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o'zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. Bu esa mahalliy darajada hokimiyatlar bo'linishi tamoyilining amalga oshirilishini ta'minlaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik maqomi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi qonun hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XX bobida (99—127-moddalar) batafsil yoritilgan. Mazkur normalar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi va o'zaro munosabatlarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab bergan. Xalq deputatlari Kengashlari joylardagi davlat boshqaruv idoralari bo'lib, ular mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o'z vakolatlari doirasida hal etadilar, umumdavlat manfaatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uyg'unlashtiradilar. Hokimiyatlar bo'linishi prinsipining mahalliy darajada joriy etilishi davlat hokimiyati tarmoqlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash, demokratik boshqaruvni amalga oshirish va bir hokimiyat tarmog'ining haddan tashqari hukmronligining oldini olish uchun zarurdir. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi bu tamoyilni bir qator aniq normalar orqali mustahkamlab bergan. Xususan, Konstitutsiyaning 120-moddasiga ko'ra, hokimlarning mahalliy vakillik organlari rahbari sifatidagi vakolati bekor qilindi va ular faqat ijro hokimiyati rahbari sifatida faoliyat yuritishi belgilandi. Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati besh yil etib belgilangan bo'lib, ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi taqiqlanadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari keng qamrovli xarakterga ega. Xalq deputatlari Kengashlari tegishli mahalliy byudjetlarni ko'rib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash; hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni eshitish kabi vazifalarni bajaradi. Viloyat, tuman va shahar hokimlari esa O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Prezidentning farmon va qarorlarini bajarish; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta'minlash; mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish kabi vakolatlarni amalga oshiradi. Hokimlarning tayinlanish tartibi ham ularning yuridik maqomini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Viloyat va Toshkent shahar hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanga bo'ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokim o'z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda o'zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar bo'ladi. Quvonarlisi shundaki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik maqomini mustahkamlash jarayoni doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig'inlari o'zini o'zi boshqarish organlari sifatida faoliyat yuritib, demokratik boshqaruvning mahalliy darajadagi institutlarini yanada boyitmoqda. Bu esa kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va tinchligini ta'minlashda mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi. Bu esa kelajakda mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va tinchligini ta'minlashda mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba