YOSH MILLIY KURASHCHILARNING MASHG'ULOTLARINI DASTLABKI BOSQICHLARDA TA'LIM VA TARBIYA JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
YOSH MILLIY KURASHCHILARNING MASHG‘ULOTLARINI DASTLABKI BOSQICHLARDA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Amirov Anvar Saidmurod o‘g‘li Samarqand davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.20330700 Annotatsiya: Mazkur maqolada yosh milliy kurashchilarning mashg‘ulotlarini dastlabki bosqichlarda tashkil etishda ta’lim va tarbiya jarayonini individuallashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida sportchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, psixologik holati va individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etishning samarali usullari tahlil qilingan. Shuningdek, murabbiy-pedagog faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, differensial yondashuv va individual rejalashtirish asosida sportchilarni tayyorlashning ahamiyati ochib berilgan. Natijada yosh kurashchilarning jismoniy rivojlanishi, texnik-taktik mahorati hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: yosh kurashchilar, milliy kurash, individuallashtirish, ta’lim jarayoni, tarbiya jarayoni, mashg‘ulot tizimi, pedagogik texnologiyalar, differensial yondashuv, jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, sport pedagogikasi, murabbiy faoliyati.