Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

PEDAGOGIK TAʼLIM TIZIMIDA ADAPTIV YONDASHUVNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Zafar SunnatovNizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tadqiqotchisi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada pedagogik taʼlim tizimida adaptiv yondashuvning nazariy-didaktik asoslari, uning zamonaviy taʼlim jarayonidagi oʻrni va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda adaptiv yondashuvning taʼlim mazmunini individuallashtirish, oʻquv jarayonini differensiatsiyalash hamda taʼlim oluvchilarning individual ehtiyojlari, bilim darajasi va kognitiv imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etishdagi didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, boʻlajak oʻqituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida adaptiv taʼlim texnologiyalarining oʻrni, ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash, refleksiv tahlil va innovatsion pedagogik faoliyat koʻnikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada adaptiv yondashuv asosida tashkil etilgan taʼlim jarayoni oʻquv-bilish faoliyatini faollashtirishi, taʼlim samaradorligini oshirishi hamda raqamli taʼlim muhitida pedagogik jarayonni samarali boshqarish imkonini yaratishi ilmiy jihatdan izohlangan. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, modellashtirish va pedagogik kuzatuv metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik taʼlim tizimida adaptiv yondashuvni joriy etish boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qoʻllashda muhim didaktik imkoniyatlarga ega ekanligini koʻrsatdi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba