Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

EKSTRAKSIYA JARAYONINING NOANIQLIK SHAROITIDAGI FUZZY MODELI VA BOSHQARUV ALGORITMINI SHAKLLANTIRISH

Mansur Nasim o'g'li EshonqulovQarshi davlat texnika universiteti "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" kafedrasi dotsentiXusnora Sharofiddin qizi ShodiyevaQarshi davlat texnika universiteti "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" kafedrasi magistri
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada yog‘-moy sanoatidagi ekstraksiya jarayonining noaniqlik sharoitlarida boshqarilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ekstraksiya jarayonining ko‘p parametrli va murakkab xususiyatlari tahlil qilinib, uning samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan. Jarayon parametrlarining o‘zgaruvchanligi va tashqi ta’sirlar natijasida yuzaga keladigan noaniqliklarni hisobga olish maqsadida fuzzy mantiqqa asoslangan model va boshqaruv algoritmini shakllantirish yondashuvi taklif etilgan. Tadqiqotda temperatura, erituvchi sarfi va jarayon davomiyligi kabi parametrlar lingvistik o‘zgaruvchilar sifatida qaralib, ular asosida qoidalar bazasi shakllantirilgan. O‘tkazilgan nazariy tahlillar fuzzy yondashuv murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishda moslashuvchanlikni oshirish va boshqaruv qarorlarini takomillashtirish imkonini berishini ko‘rsatdi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba