ART TERAPIYANI QO'LLASH ASOSIDA ZUTIZM SPEKTRIDAGI BUZULISHLARI BO'LGAN BOLALARNING HISSIY SOHASINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada autizm spektridagi buzilishlari bo'lgan bolalarning hissiy sohasini rivojlantirishda ART terapiyaning ahamiyati tahlil qilinadi. Autizm spektridagi bolalarda hissiy holatni ifodalash, muloqotga kirishish, empatiya va ijtimoiy moslashuv jarayonlarida uchraydigan qiyinchiliklar ilmiy jihatdan yoritilgan. ART terapiyaning rasm chizish, ranglar bilan ishlash, musiqa, qum terapiyasi, kollaj va ijodiy faoliyat kabi turlari bolaning emotsional barqarorligini shakllantirishda samarali vosita sifatida tavsiflangan. Tadqiqot davomida ART terapiya mashg'ulotlari autizm spektridagi bolalarning hissiy reaksiyalarini boshqarish, tashvish va agressiv holatlarni kamaytirish hamda ijobiy emotsional munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Maqolada pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida ART terapiyaning korreksion-rivojlantiruvchi imkoniyatlari ochib beriladi.
Hali tarjima qilinmagan